Namanganliklarni hayron qoldirgan taxminim yoki terma jamoamiz o‘z darajasida emasmi? - Murod Rizaevning O‘zbekiston MTJ haqidagi fikrlari

  • 10 iyun, 2022, 14:11
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Kubogi-2023 saralashining ilk turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shri-Lankani 3:0 hisobida taslim etdi. Ushbu natijadan aksariyat insonlarning ko‘ngli to‘lmadi. O‘yinni sharhlab borgan Murod Rizaev telegramdagi sahifasida ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Shri-Lanka terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Lekin tanaffus paytidagi va o‘yindan keyingi ba’zi fanatlarning, xattoki ayrim hamkasblarimning jig‘ibiyron bo‘lishidan ko‘pchilik natijadan qoniqmaganligini bilish mumkin. Chunki ular "Shri-Lankayam jamoami?" deb 10talab gol kutib o‘yinni kuzatishgan. Mana shunisi yomon. Raqibni o‘yinini o‘rganmasdan turib reytingiga qarab baho berish yaxshi emas. Fanatlarniku tushunaman, ular koreys, yaponlarni ham yirik hisobda yutish kerak, deb hisoblashadi. Lekin "boshqa"larchi. O‘yinni televizorda ko‘rgan boshqayu, voqealikni ichidan o‘rganib, his qilib ko‘rgan boshqa. Shu bois Namanganga borib ikkala o‘yinni stadionning o‘zidan ko‘rganim meni yutug‘im bo‘ldi, deb o‘ylayman (garchi stadionga kirish va yurish ancha qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsa-da). Chunki televizor qashisida o‘tirib yirikroq hisobni kutayotganlardan farqli o‘laroq, 4-5ta gol bo‘lmasligini his qilib turdim. Birinchidan meni Shri-Lanka jamoasi bosh murabbiyining bir kun avvalgi o‘yin haqidagi fikrlari, ikkinchidan esa o‘yin oldi mashg‘ulotlari hayron qoldirdi. Jamoa o‘yinni "o‘ldirish"ga harakat qilishi sezilib turardi. Bir chiziqli himoya uslubi va himoyachilarga yordamga etib kelish, raqibni o‘rganganligidanmi bilmadim, qanotlardan uzatilgan to‘plarni qaytarishdagi harakatlar har bir kishining diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy edi. Shularni kuzatib "Markaziy" stadionda yangi qurilgan usti yopiq media tribunalarda javlon urayotgan jurnalistlarga o‘yin 2:0 bo‘lsa kerak deganimda, ularning barchasi "ha yo‘g‘a" deya istehzoli tarzda kulib qo‘yishdi. Lekin havotirim o‘rinli ekanligini sharh paytida ham his qilib turdim.

Katanets qanotlardagi yuqoridan uzatmalarga urg‘u bergani, jarima maydonchasi ichida Eldor va Azizga ko‘proq ishongani ham sezilib turdi. Lekin raqibning bo‘yi baland ikki himoyachisi yuqoridan kelayotgan to‘plarda yaxshi kurash olib borishdi. Markazdan esa himoyani yorib o‘tish juda qiyin edi.Chunki 10 himoyachi bilan o‘ynayotgan raqib futbolchilarining jismoniy holati yaxshi, to‘p ketidan tinimsiz yugurib charchashmas edi. Shri-Lankaning xatosi jarima zarbalarini qaytarishda bo‘ldi. Jonli devor o‘rnatishda va ustun yoniga bo‘yi balandroq o‘yinchi qo‘ymaganligida bo‘ldi.

Haqiqatan ham to‘liq himoyaga yotib olgan jamoa bilan o‘yin olib borish qiyin. Buni o‘yindan keyin Katanets ham va ko‘pgina mutaxassislar ham aytishdi. Gollarda esa, albatta, noto‘g‘ri qo‘yilgan jonli devordan tashqari ijro mahoratining ham hissasi bor edi. O‘yin statistikasidagi katta farq hammasini ko‘rsatib turgan bo‘lsa-da, lekin havotirim, taxminim deyarli o‘zini oqladi. Xattoki o‘yindan keyin Shri-Lanka terma jaomasi bosh murabbiyi uchrashuvdan ko‘ngli to‘lganini, hisobdan qoniqqanligini aytdi. Bir tomondan, albatta, "kosmik kemalar koinotni zabt etayotgan bir paytda", Eron, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya terma jamoalari mundialga tayyorgarlik ko‘rish borasida Braziliya, Chili singari davlatlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazayotganda muxlislarning talabini, jig‘ibiyronligini tushunish mumkin. Chunki Saudiya Arabistoni terma jajmaosi bilan bo‘lgan o‘yindan keyingi tushkun holat hali ham saqlanib turgandek go‘yo. Axir Saudiyani ham qoniqtiradigan durang qayd etilganda termamiz keyingi bosqichga chiqardida. Qolaversa shu bosqichdan o‘ta olmaganligi barchamizni ancha xafa qilgani ham bor gap. Shu bois ularning natijaga bo‘lgan har qanday e’tirozini tushunsa bo‘ladi.

Ikkinchi tomondan Sanjar Tursunov aytganidek mundialga chiqqan Osiyo terma jamoalari hozirgi paytda haqiqatan ham ancha kuchli. Lekin u boshqa hikoya.... To‘g‘ri, Katanets tarkibga eng munosiblarini yig‘a olgan. Balki Eldor, Jaloliddin, Oybek, Oston, Doston va boshqalar o‘z darajasida to‘p surmagandir. Ulardan ko‘prog‘ini kutayotganimiz ham rost. Balki siz kutgan ko‘proq gollarni urishlari ham kerak edi. Lekin ishoning Shri-Lanka darvozabonining bunday ajoyib harakati, 10ta futbolchining himoyaga yotib olishi, ba’zida vaqt cho‘zib o‘yin tempini o‘ldirilishi, bularning barchasi raqib reja asosida harakat qilayotganligidan dalolat edi. Shu bois keling natijani to‘g‘ri qabul qilib, o‘yindan o‘yinga terma jamoamiz yanada kuchayib Osiyo kubogi 2023da finalgacha etib borishiga ishonch bildiraylik, - dedi Murod Rizaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/06/2022 14:30
Ochigi siz jurnalistsiz lekin fikriz. kucha fudbolinikiga uhshaydi qanaqasiga qanotdan yoqoriga oshiriladigan tup narmalni bulmaganidan keyin qanday hujimchi gol ursin. bu narsani tushunterib berishim uchun. yozma yoz. tushunterib bermasa tushunish qiyin. 2 qanot umuman pas berib olmadi.