Namanganda sportning ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tmoqda
14-iyun kuni Namanganda sportning ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi. Mazkur musobaqada yurtimizning har bir viloyatidan ko‘plab kurashchilar g‘oliblik uchun baxs olib bormoqdalar. Ma’lumki, ushbu kurash turlari Olimpiada dasturidan o‘rin olgan va o‘z o‘rnida kurashchilarimiz doimo, xalqaro arenalarda yurtimiz sha’nini munosib ximoya qilib kelishgan. Qolaversa, O‘zbekiston sport kurashlari Assotsiatsiyasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, o‘ziga xos o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari dasturi ishlab chiqilgan unga ko‘ra, joriy oyda Janubiy Koreyada erkin va yunon-rum kurashchilarimiz janubiy koreyalik atletlar bilan tajriba almashish va tayyorgarlik o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Ayollar terma jamoasi esa, 10 iyulda Turkiyaga yo‘l olishadi va u erda mezbonlar bilan birga o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarida o‘z tajribalarini oshirishga harakat qiladilar. Namangandagi O‘zbekiston kubogiga qaytsak, ushbu turnir 16 iyun kuni o‘z yakuniga etadi. G‘olib va sovrindorlarni navbatdagi xabarlarimizda taqdim etamiz. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!




Fikrlar