Nahotki! "Roma" Shomurodov o‘rniga boshqa hujumchi bilan kelishib oldi (foto)

  • 17 oktabr, 2022, 16:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Roma" klubi Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasi vakili Ola Solbakken bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Italiyaning "CalcioNews24" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, ushbu hujumchi "Roma"da zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘rniga sotib olinadi. Ola katta ehtimol bilan qishda erkin agent sifatida rimliklar bilan shartnoma imzolaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, Solbakken joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 16 bahsda o‘z hisobiga bitta gol va 6 ta assistni yozdirib qo‘ygan. Shomurodov esa barcha musobaqalarda 4 o‘yinda ishtirok etib, bitta golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan.

shomurodovv

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!