
MYuning yangi sardori Maguayrning holati haqida gapirdi
Bruno Fernandesh qanday qilib "Manchester Yunayted" sardori etib tayinlanganini aytib berdi.
“Ten Xag buni butun jamoa oldida qilmoqchi edi. Xarri Maguayr bilan bog‘liq vaziyat haqida hamma allaqachon bilar edi, ammo keyingi sardor kim bo‘lishini hech kim bilmasdi. Shunday qilib, u jamoa yig‘ilishida hamma narsani tartibga soldi.
Xarri meni tabrikladi va men uchun xursand ekanligini aytdi. Tushundimki, hozir u eng yaxshi holatda emas, unga qiyin bo‘lsa kerak, lekin u meni tabrikladi va bundan xursandman. Sababi, biz doimo yaxshi munosabatda bo‘lganmiz.
Ochig‘i, MYu sardori bo‘lish - katta sharaf. Men buni orzu ham qilmaganman.
O‘ylaymanki, men qanday bo‘lgan bo‘lsam, xuddi shunday qolaman. Qilayotgan ishimdan mamnunman va o‘z ustimda davom etishim lozim", - dedi Bruno.
Fikrlar