
MYuning superto‘purarini Ronaldu “quritgan” ekan!
“Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri Ruud van Nistelroy 2006 yili birdaniga klubni tark etadigan bo‘lib qoldi.
O‘shanda niderlandiyalik yulduzning jamoadan ketishiga bitta ahamiyatsiz uchrashuvda uni boshlang‘ich tarkibga qo‘shishmagani sabab qilib ko‘rsatilgandi.
Ser Aleks Fergyusonning yaqin do‘sti Alister Kempbellning aytishicha, Ruudning ketishiga Krishtianu Ronaldu sababchi bo‘lgan ekan. O‘shanda ikki hujumchi janjallashib qolgan va bunga niderlandiyalik yulduzning portugaliyalik futbolchiga ko‘rsatgan nomaqbul ishorasi sabab bo‘lgan.
- Van Nisterloy munosabatlar taranglashgan paytda Krishtianuga Karlush Keyrosh timsolida yangi ota topganini ta’kidlaydi. Ronalduning otasi ichkilikka ruju qo‘ygan va shuning oqibatida hayotdan ko‘z yumgan edi. Ronaldu jamoadoshining bu gaplarini og‘ir oldi va jamoadan ketishiga sababchi bo‘ldi, - deydi Kempbell.
Fikrlar