MYuga yana bir yulduz kelyapti

  • 6 iyul, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Renn” klubi rahbariyati jamoaning iste’dodli yosh futbolchisi Eduardo Kamavingani “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Tecno

Inglizlar 18 yoshli yarim himoyachi uchun 30 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. “Renn” Eduardoni yangi bitimga ko‘ndira olmaganidan keyin, erkin agentga aylanmasidan uni sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

Sulsher bu futbolchini Pol Pogbaning o‘rnini egallashini kutmoqda. Zotan, Eduardo Frantsiya terma jamoasi safida ham Pogbaning o‘rinbosari hisoblanadi.

Kamavinga Frantsiya chempionati oliy divizionida uch mavsumdan beri to‘p tepmoqda. Tayanch zonasida o‘z ustunligini namoyish qilib kelayotgan yosh o‘yinchi jami 67 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!