
MYu yana uning nomzodiga qaytdi
"Manchester Yunayted" "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" nashri yozmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, mankunianliklar futbolchi bilan yozda shartnoma imzolamoqchi. Savich ketishi kutilayotgan Pol Pogba o‘rnini egallaydi. Transfermarkt portali 26 yoshli havbekni 70 million evroga baholamoda.
Ma’lumot uchun, serb joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Uning "burgutlar" bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar