MYu vingeri La Ligaga ko‘chib shtishi mumkin
Antoni "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, MYu vingerga qiziqish bildirgan bir qator klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Antonining klubni ijara asosida tark etish ehtimoli yuqori. Assane Diao "Komo"ga o‘tganidan so‘ng vinger izlayotgan "Betis" braziliyalik futbolchi uchun asosiy davogar bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Antonining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi APLda 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Biroq, samarali harakatlar qayd etmadi.



Fikrlar