MYu sobiq yulduzini ortga qaytarishi mumkin
"Napoli" etakchilaridan biri Skott Maktominey, sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchini ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq Manchester klubiga "Nyukasl" va "Tottenxem" jamoalari ham raqobat qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Kataloniyaning "Barselona"si ham shotlandiyalik futbolchiga ko‘z tikgan. Maktominey o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar