MYu sobiq bosh murabbiyi "Real" hujumchisini xarid qilmoqchi

  • 17 noyabr, 2020, 20:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" keyingi transfer oynasi vaqtida "Real" hujumchisi Mariano Diasni xarid qilishga urinib ko‘rmoqchi.

Tecno

2018 yil "Lion"dan "Real"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, 27 yoshli futbolchi madridliklar safida La Liga bahslarida bor yo‘g‘i 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.

"Bolg‘alilar" ushbu transferni qishda amalga oshirishmoqchi, chunki bosh murabbiy rahbariyatdan hujumchi Maykl Antonioga tezroq sherik topib borishni iltimos qilgan.

O‘z navbatida, "Real" tomoni ham dominikanlik futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Ular Luka Yovichni jamoada olib qolib, Diasni APL klubiga transfer qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!