
"MYu rahbariyati unga xurmatsizlik ko‘rsatdi" - Bekxem Ronalduni tanqid qilganlarni qoraladi
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi, hozirda Amerikaning "Inter Mayami" klubi xo‘jayini Devid Bekxem mankunianliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatladi va uni o‘z jamoasiga chaqirdi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 37 yoshli portugaliyalik shov-shuvli intervyu berib, ingliz klubi rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xagani tanqid qilgandi.
Bekxem "Manchester Yunayted" o‘z futbolchisiga hurmatsizlik ko‘rsatdi, deb hisoblaydi, shuningdek, Ronalduni tanqid qilgan "qizil iblislar"ning sobiq futbolchilarini ham qoraladi.
Joriy mavsumda Ronaldu Angliya klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisining mankunianliklar bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar