
MYu kelasi yoz "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Lukas Vaskes "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer nishoniga aylandi.
The Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 28 yoshli ispaniyalik futbolchini kelasi yil yozgi transferlar davrida sotib olishni maqsad qilishmoqda.
Shu o‘rinda aytish lozimki, Vaskesning “Real” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 150 mln evroni tashkil etadi. Biroq, uning hozirgi bozor narxi ushbu narxdan 6 barobarga arzon ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vaskes joriy mavsum madridliklar safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar