MYu futbolchisi Afrika Kubogida ishtirok etmaydi

  • 3 dekabr, 18:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Trabzonspor"da ijara asosida to‘p tepayotgan "Manchester Yunayted" posboni Andre Onana Afrika Kubogiga bormaydi.

Tecno

Kamerun Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng, jamoada murabbiy almashgan edi. Yangi bosh murabbiy David Pag-u Afrika Kubogi uchun tarkib yig‘ishni boshlab yubordi. Kamerun futbol federatsiyasi ma’lum qilishicha, "Trabzonspor"da o‘ynayotgan  Andre Onana hamda terma jamoa etakchisi Vensan Abubakar bo‘lajak yirik musobaqada ishtirok etmaydi. "Sherlar"ning tarkibidan Devis Epassi, Simon Omossola, Simon Ngapanduetnbu va Eduard Sombang kabi darvozabonlar joy olgan.

Ma’lumot uchun, Afrika Kubogi bahslari  21 dekabrdan 18 yanvarga qadar Marokash yashil maydonlarida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!