MYu futbolchilari Sulsher taqdiri masalasida klub prezidenti bilan uchrashishdi
"Manchester Yunayted" futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
APL 15 tur "Tottenxem"ga qarshi o‘yini oldidan klub vitse-prezidenti Ed Vudvord "Manchester Yunayted" futbolchilari bilan uchrashgan. Jamoa esa norvegiyalik murabbiyni ishdan bo‘shatmasliklarini so‘ragan.
Ayni damda MYu Angliya chempionatida 21 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar