
MYu de Xeaga La Ligadan o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubi "Atletiko" Madrid darvozaboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli sloveniyalik posbonni kelgusi yozda sotib olishmoqchi. Mankuanliklar uni 2020 yilda yakuniga etadigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgan David de Xeaga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Oblak “Atletiko” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u “matraschilar” tarkibida jami 211ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 140ta gol o‘tkazib yubordi. Uning tovon puli 120 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar