
MYu de Xea o‘rniga Portugaliya terma jamoasi posbonini olib kelmoqchi
"Portu" klubi va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diogu Koshta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida 23 yoshli posbonni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Koshta mankunianliklar tarkibida ispaniyalik darvozabon David de Xea o‘rnini egallashi mumkin. Boisi MYu de Xea bilan mavsum yakunida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida hali kelisha olmayapti.
Diegu Koshta joriy mavsum “Portu” safida barcha turnirlarda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 25 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar