MYu Amorim boshchiligidagi APL o‘yinlarida to‘plagan ochkolaridan ko‘proq o‘yin o‘tkazdi

  • 12 may, 00:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 36-turida "Vest Xem" bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Portugaliyalik murabbiy boshchiligida jamoa Angliya chempionatida 25 ta o‘yin o‘tkazdi va 24 ochko to‘pladi. Jamoa jami olti marta g‘alaba qozondi (so‘nggi g‘alaba martining o‘rtalarida bo‘lgan), shuningdek, shuncha marotaba durang o‘ynadi va 13 marta mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, MYu APLda mavsum so‘nggiga qadar "Chelsi" va "Aston Villa"ga qarshi bellashuvlarda ishtirok etishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda "qizil iblislar" 36 ta uchrashuvdan so‘ng 39 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 16-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!