
Murodjon Ahmadalievning vaznida yangi chempion...
"Showtime" kanali professional boks bo‘yicha bir nechta chempionlik janglarini e’lon qilgan edi. Ushbu janglarning dastlabkisi birinchi yarim engil (55.2 kg) vaznda vakant WBO jahon chempionlik kamari uchun Anjelo Leo(20-0, 9 KO) va Tremein Uilyams (19-1, 6 KO) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda Leo 117-111, 118-110 ( 2 ta hakam) hisobida g‘alaba qozondi va WBO jahon chempionlik kamari egasiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz: ushbu vaznda WBO chempioni bo‘lgan meksikalik Emanuel Navarrete yarim engil vaznga (57.1 kg) o‘tganligi munosabati bilan kamar vakant qolgan edi. Shuningdek, aynan mazkur birinchi yarim engil (55.2kg) vaznda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) WBA va IBF chempionlik kamari sohibi hisoblanadi.
Fikrlar