Murodjon Ahmadalievning raqibi ajoyib shartnomadan mahrum bo‘ldi

  • 28 may, 2020, 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

“Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi sobiq WBA va IBF chempioni Daniel Roman bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda Romanning asosiy promoutrlik kompaniyasi “Thompson Boxing” o‘z Tvitter sahifasida habar berdi.

Tecno

" Matchroom” Daniel Roman va bizning sherikligimiz borasidagi yaqin kelajak uchun qaror qabul qildi va biz uni hurmat qilamiz. Romanning eng yaxshi janglari hali oldinda va kelajakda barchasi ijobiy bo‘ladi degan umiddamiz. Biz unga hech qachon ishonishdan to‘xtamaymiz" - deya izoh qoldirilgan promoushenning Tvitter sahifasida.

Ma’lumki, Roman so‘ngi majburiy himoya jangini  30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!