Mundial oldidan Qatar terma jamoasida jiddiy yo‘qotish bor

  • 18 oktabr, 2022, 19:13
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diogo Jota Qatardagi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi. "A Bola" nashrining xabar berishicha, "Liverpul" hujumchisi jarohati tufayli bir oydan ko‘proq maydonga tusha olmaydi, shuning uchun u jahon chempionatiga qatnasha olmasligi mumkin. Biroq, MRT hali natijalari e’lon qilmadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Diogo Jota "Liverpul"ning "Manchester Siti"ga qarshi APL doirasidagi so‘nggi uchrashuvida ("mersisaydliklar" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan) jarohat olgan edi.

Diogo Jota Portugaliya terma jamoasi safida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.

Qatardagi jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!