Muhammadzohid Suyarov – "Ganja Open-2025" blits yo‘nalishi g‘olibi
Joriy yilning 10–17 noyabr kunlari Ozarbayjonning Ganja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Ganja Open-2025" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 12 mamlakatidan 302 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 41 200 manatni tashkil etgan turnirda O‘zbekiston nomidan esa 2 nafar shaxmatchi qatnashdi.
O‘zbekiston vakili, xalqaro toifadagi sport ustasi (IM) Suyarov Muhammadzohid musobaqaning blits yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.
"Chess Results" platformasida e’lon qilingan yakuniy natijalarga ko‘ra, u 9 tur davomida 7,5 ochko jamg‘arib, kuchli raqobatga qaramay turnir jadvalida peshqadam bo‘ldi.
Suyarov yuqori reytingli ishtirokchilarni ortda qoldirishga erishib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham raqiblaridan ustun chiqdi va BLITs yo‘nalishining mutlaq g‘olibi deb topildi.



Fikrlar