Muhammad Saloh tarkibga qaytdi va "Brayton"ga qarshi to‘qnashuvda qaydnomada bo‘ladi!

  • 12 dekabr, 23:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli va ishonchli jurnalistlardan biri hisoblangan Pol Joysning ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida qaydnomadan joy oladi. 
 
Xabaringiz bor, APLdagi so‘nggi turdan so‘ng misrlik hujumchi katta intervyu berib, zaxirada qolayotganidan noroziligini hamda "Brayton"ga qarshi uchrashuv mersisaydliklar safidagi so‘nggi bahs bo‘lishini ta’kidlagan edi. Ushbu voqeadan so‘ng Arne Slot Salohni Chempionlar ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi bellashuv uchun qaydnomaga kiritmadi.

Tecno

Bo‘lajak bahsdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida esa niderlandiyalik mutaxassis Muhammad bilan gaplashib olishi kerakligini hamda muammoni hal qilmoqchi ekanligini aytdi. 
 
Jurnalist Pol Joysning ma’lum qilishicha, suhbat ijobiy holda yakunlangan. Lekin o‘tgan haftadagi muammolarning barchasi hal bo‘lmagan. Bu vaziyat esa Afrika kubogi turniri o‘tkazilayotgan hal etilishi aytilmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" - "Brayton" klublari ishtirokidagi to‘qnashuv ertaga 20:00’da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!