Muhammad Saloh “Siti” yulduzini “Liverpul”ga chaqirdi
Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Liverpul” to‘purari Muhamad Saloh “Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuyne haqida iliq fikr bildirdi.
Ma’lumki, 2015 yildan beri “shaharliklar” safida o‘ynab kelayotgan belgiyalik pleymeyker joriy mavsum tugashi bilan klubni tark etadi.
- Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”da fenomenal darajada faoliyat yuritdi. Butun liga uchun bu o‘yinchi juda muhim va ajoyib kadr edi. Men haqiqatan unga eng yaxshi narsalarni tilayman. To‘g‘risi, bizning “Liverpul”da ham unga joy topiladi, - dedi Muhammad Saloh.
Ta’kidlash joizki, 33 yoshli pleymeykerga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Liverpul” ham bor. Qolaversa, mersisaydliklar safida qolishga qaror qilgan niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deyk Kevin de Bryuynening yaqin do‘sti hisoblanadi.



Fikrlar