Muhammad Saloh nomini yana tarixga yozdi

  • 15 sentabr, 14:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turidan keyin ochko yo‘qotmagan faqat bir jamoa – amaldagi chempion “Liverpul” qoldi.

Tecno

Biroq Arne Slot shogirdlari “Byornli” maydonida bo‘lgan to‘qnashuvda g‘alaba qozonish uchun oxirgi soniyalargacha kurashishiga to‘g‘ri keldi. Nihoyat,  uchrashuvning asosiy vaqtidagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada mersisaydliklar foydasiga penalti belgilandi.

Uni aniq bajargan Muhammad Saloh jamoasining g‘alabasini ta’minlash bilan birga yangi rekord ham o‘rnatdi. Mirslik to‘purar Anliya chempionatlarida “Liverpul” safida 11 metrlik belgidan 35-golini urdi.

Bungacha “Liverpul” futbolchilari orasida penaltidan eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi Billi Liddella bo‘lib, uning hisobida 34 ta gol bor edi.

Bundan tashqari,33 yoshli Saloh Angliya Premer-ligasida urgan barcha gollari sonini 188 taga etkazib oldi va chempionat tarixidagi to‘purarlar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Undan yuqorida Uefn Runi, Harri Keyn va Alan Shirer joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!