
Muhammad Saloh Evropaning boshqa grandiga o‘tadigan bo‘lyapti
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” asosiy to‘purari Muhammad Saloh kelasi yil yozda Evropaning boshqa klubi, ya’ni Turkiya chempioni “Galatasaroy” jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin.
Transfer News Live va Nefes kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, agar misrlik futbolchi “qizillar” safini tark etishga qaror qilsa, unga mo‘may daromadli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Turklar o‘z rejasini amalga oshirish uchun yanvar oyida 33 yoshli o‘yinchi agentlari bilan dastlabki muzokaralarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumning oxirida Muhammad Saloh liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan edi. Transfermarkt portali ekspertlari tajribali hujumkor futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar