Mourino yangi mavsum uchun yangi etakchi tanladi

  • 13 avgust, 2022, 20:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino yangi mavsumda maydon markazida futbolchilarga etakchilik qilishni “Manchester Yunayted”dan kelgan Nemanya Matichga topshiradi.

Tecno

Corriere della Sera nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis 34 yoshli futbolchiga Angliya futbolida to‘plagan ulkan tajribasi qo‘l kelishiga ishonmoqda.

Mavsumoldi yig‘ini mobaynida Mourino boshliq murabbiylar shtabi maydon markazida turli o‘yinchilardan iborat sxemalarni sinovdan o‘tkazdi. Bosh murabbiyga Matich va Pellegrini juftligi ko‘rsatgan o‘yin ko‘proq ma’qul keldi.

Agar serbiyalik futbolchi toliqib qolsa yoki safdan chiqsa, uning vazifalari universal yarim himoyachi Brayan Kristantega yuklatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!