
Mourino shogirdi Qatardagi jahon chempionatiga borishi kerakligini aytmoqda
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino joriy mavsumni yuqori saviyada davom etirayotgan Kris Smolling Angliya terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishga loyiqligini aytmoqda.
- Agar men terma jamoani boshqarganimda qo‘l ostimda Smollingdek futbolchi bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganini qilardim, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Kris Smolling 2019 yildan beri “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoa safidagi yagona sovrinini o‘tgan yili Konferentsiyalar ligasida qo‘lga kiritdi.
32 yoshli futbolchi 2011-2017 yillar davomida Angliya terma jamoasida faoliyat yuritgan va jami 31 uchrashuvda qatnashib, bitta gol ham urgan.
Fikrlar