
Mourino "Roma"ni kuchaytiradigan o‘yinchi topdi
Bundesliga vakili “Ayntraxt” ximoyachisi Evan Ndika kelasi yoz Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Taniqli jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino 23 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishga qarshi emas.
Rimliklar iste’dodli futbolchini qo‘lga kiritish uchun Ndikaga ko‘z tikayotgan “Yuventus” raqobatini sindirishiga to‘g‘ri keladi.
“Oser”da tarbiya topgan frantsiyalik futbolchi himoya markazi va chap qanotda o‘ynay oladi. Uning amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi.
Fikrlar