Mourino "Roma"da Sardorni ko‘rmoqchi

  • 5 sentabr, 2021, 15:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" kelasi yil yozda "Zenit" hujumchisi Sardor Azmunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Corriere Dello Sport" nashri xabar tarqatdi.  

Manbaning yozishicha, Azmun xizmatiga "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. "Roma" eronlik futbolchini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin. Sardorning "Zenit" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. 

Tecno

Avvalroq, hujumchiga "Bayer", "Lion" va "Tottenxem" klublari qiziqayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Joriy mavsum forvard 6ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan hamda bitta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!