Mourino qishda Beylni "Tottenxem"ga qaytaradimi?

  • 20 noyabr, 2019, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridagi asosiy ko‘zlagan futbolchisi kimligini aytdi.

Tecno

Walesonline nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis "Real" vingeri Garet Beylni Londonga qaytarmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Beyl uchun “Tottenxem” u qadar begona emas. U “shporlar” safida 2007-2013 yillarda to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 7 ta o‘yinda 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
21/11/2019 07:52
Nima bo'lsayam Tottenhamda ishlari yurishib ketsin, The special one omad, lekin Pochettinyo tufayli MYu, Real, Bavariyalarni halovati buzilgani aniq ayniqsa United endi Sulsherni o'ylab o'tirmasdan istefoga chiqarishi mumkin al batta buning uchun mag'lubiyat bo'lishi kerak