
Mourino: Men uni o‘ynatmasligimni aytishgandi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino armanistonlik legioner Genrix Mxitaryan bilan “Manchester Yunayted”da yuz bergan vaziyat o‘zaro munosabatlarga ta’sir qilmaganini bildirdi.
- “Manchester Yunayted”da ayrim odamlar men tufayli Mxitaryanda muammolar yuzaga kelishini aytgandi. Ular Genrixni ishi ortga ketgan paytda qayta tiklana olmay di, deb hisoblashardi. Men teskarisini isbotladim. Biz Mxitaryan bilan o‘zaro munosabatlarda etuk va rostgo‘y bo‘ldik, - dedi Mourino.
Ma’lumki, Genrix Mxitaryan “Manchester Yunayted”da o‘ynagan paytda portugaliyalik mutaxassisning tanqidini ko‘tara olmay, klubni tark etgan edi.
Mourinoning Rimga kelishini eshitgan paytda ham armanistonlik yarim himoyachi xavotirga tushgan, biroq o‘zaro suhbatdan keyin “Roma”da qolishga qaror qilgan edi.
Ayni paytda ularning munosabati a’lo darajada. Mourino shartnomasi yakunlanayotgan 33 yoshli futbolchini yana Rimda qolishini istayapti.
Fikrlar