
Mourino: Maqsad uni olib qolish
“Roma” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilgan yarim himoyachi Nemanya Matichni kelasi mavsumga ham poytaxtda olib qolmoqchi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, serbiyalik futbolchi rimliklar bilan bir mavsumga shartnoma imzolagan. Biroq, “Roma”da hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor. “Bo‘rilar” aynan mana shu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
34 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi.
Nemanya Matich avval “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da ham Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynagan hamda portugaliyalik mutaxassisning talablarini yaxshi biladi.
Fikrlar