Mourino chaqirgan futbolchi “Roma”ga o‘tadigan bo‘ldi

  • 4 yanvar, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino tanlagan o‘yinchi – Ussem Auarni Rimga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.

Tecno

Portugaliyalik murabbiy yanvar oyida yarim himoyani mustahkamlashni reja qilgan edi. Tyagu Pinto Mourinoga yoqadigan bir necha futbolchilarga murojaat qildi. Ular orasidan “Lion”dan ketishga tayyor turgan Ussem Auar chorlovni qabul qildi.

24 yoshli futbolchining frantsuz klubi bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. Auar boshqa klubga o‘tish maqsadida yangi bitim tuzmadi.

“Lion” o‘zi tarbiyalagan yarim himoyachini yanvarda qo‘yib yuborib, kam bo‘lsa-da, g‘aznaga pul tushirishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!