
Mourino bu safar mag‘lubiyatda kimni aybladi?
"Roma" Konferentsiyalar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda "Budyo-Glimt jamoasiga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Mourino matbuot anjumanida o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"To‘g‘risini aytsam, meni ko‘proq Manchinining jarohati havotirga solmoqda. Bu holat plastik chim ustida o‘ynash tufayli vujudga keldi.
Biz 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Javob o‘yinini muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazamiz. Men jamoamni yarim finalga chiqish uchun favorit deya olaman.
O‘z futbolchilarimga va stadionga kelgan muxlisarning qo‘llab-quvvatlashiga to‘liq ishonaman. "Budyo-Glimt" kuchli klub, ammo javob bahsida yaxshiroq hakamlar ishlashiga aminman.
Rimda ularga qarshi o‘ynaganimizda hakam ko‘rmagan ikkita toza penalti bor edi, bugun esa to‘p autdan o‘yinga kiritilganidan so‘ng ofsayd belgilandi. Bu hakamlarning saviyasidan dalolat", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar