
Mourino: Bu boshqa takrorlanmaydi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino UEFA Konferentsiyalar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga qarshi o‘yindan oldin jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashdi.
Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, "Roma" futbolchilari o‘z kuchini allaqachon isbotlab bo‘lgan Norvegiya klubini juda hurmat qilishadi. Uning ta’kidlashicha, "Budyo-Glimt"dan uchralgan 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat boshqa takrorlanmaydi, chunki Rim klubi o‘zgarib, ancha kuchaygan.
Mourino shuningdek, “Roma”ning yarim finalga chiqishini kutayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Budyo-Glimt" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar