
Mourino bilan kelisha olmagan futbolchi ortga qaytmoqchi emas
"Nyukasl"da ijara asosida to‘p surayotgan "Tottenxem" qanot himoyachisi Denni Rouz keyingi mavsumda ham "qora oqlar" safida qolishi mumkin.
Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, "Nyukasl" Rouzni to‘laqonli xarid qilishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida "shporlar" ham ushbu g‘oyaga qarshi emas.
London klubi tarkibini qishda tark etgan angliyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar