Mourino Beyl uchun eng iqtidorli shogirdini “Real”ga beradi

  • 16 sentabr, 2020, 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘ziga kerak bo‘lmagan Garet Beylni Angliyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri Delli Alliga almashtirishi mumkin.

Tecno

Bir qarashda, bu madridliklar uchun o‘ta manfaatli rokirovkaday ko‘rinadi.

Rejalashtirilayotgan kelishuvga ko‘ra, madridliklar Beylni “Tottenxem”ga ijaraga beradi va maoshining 50 foizini to‘laydi. Delli Alli esa, ijara asosida “Real”ga ko‘chib o‘tadi va uning barcha xarajatlari ispanlar tomonidan qoplanadi.

Agar rokirovka amalga oshsa, “Tottenxem” uelslik futbolchiga haftasiga 300 ming funt to‘laydi va Alliga berilishiga kerak bo‘lgan 150 ming funtni o‘zida saqlab qoladi. Bu sharoitda Beyl “Real”dan ham haftasiga 300 ming funt oladi.

Shuningdek, jamoalar futbolchilarni butunlay almashishi ham mumkin. Bunday holatda madridliklar transfer uchun qo‘shimcha mablag‘ berishi kerak. Chunki Allining transferi Beylnikidan qimmat hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!