
Morata "Yuventus" bilan kelishib oldi
"Atletiko" forvardi Alvaro Morata jamoani tark etmoqchi. Ispaniya OAVning xabar berishicha, Morata buni klubga ma’lum qilgan.
27 yoshli hujumchi "Yuventus" safida harakat qilmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining agenti turinliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Uning ketishiga asosiy sabab qilib madridliklarning sovrinlar uchun kurasha olmayotganligi ko‘rsatilmoqda.
Morata 2014-16 yillar oralig‘ida ham "keksa senora" sharafini himoya qilgan. Uning transfer narxi 36 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar