
Morata "Yuve"ning raqibiga aylanishi mumkin
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata yozda Italiya chempionatiga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Italiya matbuoti.
London klubi forvardi xizmatlariga Morataning sobiq ustozi boshqaruvidagi "Inter" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi va klub rahbariyati bo‘lajak transfer shartlarini muhokama qilishni boshlab yuborishgan.
Ayni vaqtda "Atletiko"da ijarada to‘p surayotgan Morata uchun A Seriya begona emas. U 2014-2016 yillar mobaynida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar