
Morata yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Atletiko"da ijarada o‘tkazgan "Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata yana Londonga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra FIFAning transfer ta’qiqi tufayli yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydigan “aristokratlar” ispaniyalik futbolchini ortga qaytarishmoqchi. Bu holatdan esa “matraschilar” havotirga tushishmoqda. Chunki, ular ham Moratani tarkibda olib qolishni rejalashtirishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Morata “Atletiko”da o‘tkazgan yarim mavsum davomida 17ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar