Morata: "Ronaldu jamoasi mundialda g‘olib bo‘lsa, xursand bo‘lardim"

  • 6 dekabr, 2022, 18:25
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Alvaro Morata jahon chempionati haqida ajoyib va hazilomuz fikr bildirdi.

"Bizning avlod futbolchilaridan Messi yoki Ronaldu xaqda so‘rashganda, hamma ularni "eng zo‘ri", - deyishadi. Menga Neymar ham juda yoqadi, uning o‘yinini ko‘rib rohatlanasiz.

Futbolni sevadigan har bir inson Messi, Ronaldu yoki Neymarning o‘yinlarini ko‘rish uchun barcha ishini tashlaydi. Ular aqlbovar qilmas futbolchi. Turnirda ulardan birortasi bilan to‘qnashsak, mazkur yulduzlar uchun qiyin bo‘ladi.

Shaxsan men Krishtinu Jahon chempionatida g‘olib bo‘lsa, xursand bo‘lardim. Messi va Neymar qo‘lga kiritsa ham hafa bo‘lmayman. Lekin ularning barchasi bizni, ya’ni Ispaniyani chempionlik bilan tabriklasa, bundan ham yaxshi bo‘lardi", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Portugaliya jamoalari chorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Buning uchun bugun Luis Enrike shogirdlari Marokashni, Fernandu Santush jamoasi esa Shveytsariyani taslim etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!