
Morata 3 ta Evroda gol urgan ilk ispaniyalik futbolchiga aylandi
Alvaro Morata Ispaniya - Xorvatiya uchrashuvida Fabian Ruisning ajoyib pasidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali hujumchi tarixga kirdi.
Gap shundaki, Morata "Evro-2016"da 3 bora, "Evro-2020"da ham 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. U uchinchi marta Evroda gol kiritib, bu borada ilk ispaniyalik futbolchiga aylandi, deya xabar bermoqda "Sofa Score".
Ispaniyani ikkinchi turda Italiyaga qarshi bahs kutmoqda.
Fikrlar