"Monako"da murabbiy iste’fosi kutilmoqda
"Monako" jamoasining bosh murabbiyi Adi Xyutter ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, mutaxassis oktyabr oyidagi FIFA kunlari davomida ishdan bo‘shatilishi taxmin qilinmoqda. Hozirda klub rahbariyati yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha variantlarni o‘rganishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, Xyutter shogirdlari Liga 1ning 7-turidan so‘ng 13 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5-o‘rinda joylashgan.



Fikrlar