Monako Gran-prisida Xemilton g‘alaba qozondi

BEPUL PROPAN

Kecha Formula-1 bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Taqvimga ko‘ra, navbatdagi bellashuvga Monako mezbonlik qildi. 78 aylanadan iborat poyga "Mersedes"ning britaniyalik vakili Lyuis Xemiltonning g‘alabasi bilan yakunlandi. "Red Bull" sharafini himoya qilayotgan Marks Ferstappen garchi ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tgan bo‘lsa ham, poyga chog‘ida qoida buzgani uchun u 5 soniya jarimaga tortildi. Shu tariqa "Ferrari" piloti Sebastyan Fettelga ikkinchi o‘rin nasib etgan bo‘lsa, "Mersedes"ning boshqa bir ishtirokchisi Valterri Bottas kuchli uchlikni yakunlab berdi. Batafsil: 

F-1. Monako Gran-prisi. 78 aylana
1. Lyuis Xemilton («Mersedes») – 78 krugov
2. Sebastyan Fettel («Ferrari») +2,602
3. Valtteri Bottas («Mersedes») +3,162
4. Maks Ferstappen («Red Bull»)* +5,537
5. Per Gasli («Red Bull») +9,946
6. Karlos Sayns-kichik («Maklaren») +53,454
7. Daniil Kvyat («Toro Rosso») +54,574
8. Aleks Albon («Toro Rosso») +55,200
9. Daniel Rikkardo («Reno») +1.00,894
10. Romen Grojan («Xaas») +1.01.034 
11. Lando Norris («Maklaren») +1.06,801
12. Kevin Magnussen («Xaas») +1 aylana
13. Serxio Peres («Reysing Poynt») +1 aylana
14. Niko Xyulkenberg («Reno») +1 aylana
15. Djordj Rassell («Uilyams») +1 aylana
16. Lans Stroll («Reysing Poynt») +1 aylana
17. Kimi Raykkonen («Alfa Romeo») +1 aylana
18. Robert Kubitsa («Uilyams») +1 aylana
19. Antonio Jovinatstsi («Alfa Romeo») +2 aylana
 
Chiqib ketdi
Sharl Lekler («Ferrari»)
 
* – Ferstappen 5 soniya jarimaga tortildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!