
Modrich "Real" safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi
Madridning “Real” klubi xavbeki Luka Modrich kecha La Liganing 33-turidan o‘rin olgan “Atletik”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu xorvatiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi” safidagi yubiley 300-o‘yin bo‘ldi.
“Men “Real”da yana kamida 100ta o‘yin o‘tkazishni xohlayman. “Real” uchun o‘ynagan har bir o‘yin men uchun quvonch. Dunyodagi hech bir klub menga “Real” berayotgan narsani bera olmaydi. Ushbu jamoa safida nafaqat futbolchi sifatida, balki, inson sifatida ham o‘sishga erishish mumkin”, - deydi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Modrich “Real” safiga 2012 yil “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan 300ta jami 17ta gol va 47ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar