MMA Olimpiadaga kirsa, o‘zbek jangchilari nechta medal oladi?
Aralash jang san’atlari butun jahon bo‘ylab jadal rivojlanmoqda va tobora ko‘proq muxlislar e’tiborini tortmoqda.
UFC rahbari Dana Uayt Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga aralash jang san’atlarini Olimpiya o‘yinlariga kiritishni taklif qilmoqda.
- Men MMA olimpiya sport turi bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bu ish menga bog‘liq emas. Aslida MMAni olimpiya sport turi sifatida targ‘ib qilmayapman. Shunchaki, aralash jang san’atlarini Olimpiadalar dasturiga kiritilishini istayman.
Bugungi kunda Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari duch kelayotgan eng katta muammolardan biri tomoshabinlar auditoriyasi etishmasligidir.
Sizga ko‘plab tomoshabinlar kerakmi? Unda MMA sport turini Olimpiadalar dasturiga qo‘shing, - dedi Dana Uayt.
Agar ushbu sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olsa, O‘zbekiston jangchilari nechta medal oladi, deb o‘ylaysiz?



Fikrlar