
MMA olami yana bir yulduz bilan xayrlashmoqda
38 yoshli King Mo nomi bilan mashhur AQShlik Muxammad Laval 8 noyabr kuni AQShning Oklaxoma shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bellator” 233 turnirida ishtirok etadi.
King Mo Endryu Kapelga qarshi oktagonga chiqadi. 34 yoshli Endryu uchun bu “Bellator” dagi debyuti bo‘ladi.
King Mo iyun oyida katta sportni tark etishini bildirgan edi. U so‘ngi jangini chexiyalik Jiri Prochazkoga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Mazkur jang Muxammad Lavalning faoliyatidagi so‘ngi jangi bo‘ladi.
Fikrlar