MMA bo‘yicha jahon chempionatida ikki oltin medal yoxud og‘ir vaznda o‘zbeklarga teng keladigani topilmadi!

  • 17 fevral, 2023, 12:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Serbiyaning Belgrad shahrida 18-20 va kattalar o‘rtasida MMA bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bugunga kelib, 2 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Jumladan, 18-20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Jahongir Qoraboev hamda Farruh Madaminov shogirdlari, "Karabayev Team" klubi a’zolari, -120 kg vazn toifasidagi Asror Anvarjonov barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionatida tengsiz deb topilgan bo‘lsa, +120 kg vaznda Muhammadali Turg‘untoshev ham hamma jangda g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. 

Bugun yana yurtdoshlarimiz ishtirokidagi final janglari bo‘lib o‘tadi. Batafsil ma’lumotlarni tez orada e’tiboringizga havola qilamiz. 

IMG_20230217_121618_407

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!