MLS. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan "Inter Mayami" durang o‘ynadi, Messi "yondirdi"

  • 23 fevral, 11:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

MLS 1-turi doirasida "Inter Mayami" - "Nyu-York Siti" bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, mayamiliklar a’zoasi Aviles 5-daqiqada hisobni ochdi. Golga Lionel Messi assistentlik qildi. 23-daqiqada gol urgan Aviles qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shundan so‘ng nyu-yorkliklardan Ilenich hamda Martines gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 90+10-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Segoviy muvozanatni tikladi. Golli uzatmani yana Messi amalga oshirdi. Shuningdek, Leo 90+15-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!