Mirjalol Qosimov: "Muammolarimiz etarli edi va bu narsa o‘yinda yaqqol ko‘rindi"

  • 7 noyabr, 2023, 08:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OChL guruh bosqichi, 4-tur doirasidagi «Sepaxon» — OKMK (9:0) uchrashuvidan so‘ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Avvalambor, barchaga Assalomu alaykum! «Sepaxon» jamoasini haqli ravishda g‘alabaga erishgani bilan tabriklayman. O‘ziga yarasha muammolarimiz etarli edi va bu narsa bugungi o‘yinda yaqqol ko‘rindi. Qolaversa, o‘yinchimizning chetlatilishi ham o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

- Jamoangiz birinchi bo‘limda raqibga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etgandi. Ikkinchi taymda esa biz boshqacha jamoani ko‘rdik. Buning sababi nimada?

- Savol uchun rahmat. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, o‘zim ham nimaga bunday bo‘lganini tushunmay qoldim. Ikkinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan golimiz qaysidir ma’noda o‘z so‘zini aytdi va ketma-ket «rekoshet» gollar o‘yin tizginini butunlay o‘zgartirib yubordi.

- Ushbu natija sizning faoliyatingizdagi eng yomoni bo‘ldi desak ham bo‘ladi. Shu haqda fikrlaringiz?

- Bu futbolda uchrab turadi. Lekin, to‘g‘ri ta’kidladingiz bu faoliyatimdagi birinchisi.

OKMK matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
07/11/2023 08:45
Миржалол бор жойда футбол ўлади. Хар доим бюджети яхши жойда юрадиган қосимов ўзини топ мураббийман деб ўйлайди шекилли, хеч қачон айб менда демийди. Бюджети энг яхши жамоларни фақат заарарига ишлаган мураббий бошқа иш қилгани футболимизни ютуғи бўларди.
Saporvoy Aminov
07/11/2023 13:20
Аа оо буу болада айиб йук хамма айиб судиялада
&
Muratbay
07/11/2023 09:20
Нега Муратнинг таклипини кабул килмадинг БУНДАЙ кунларга тушмастинг езган хатинимни алдингми у чин кунгилдан эди хаятий тажрибадан келип чикип айтгандим
&
Сафаров Кахрамонжон
07/11/2023 09:11
Миржалол сен номард ОКМК ни Бахтиёр Ашурматовдан худбин йуллар билан тортиб олган пулни кетидан хар кандай пасткаш ишга кул урадиган нопоксан Узбек футболини ер билан яксон килдинг яна нима хохлайсан Супер лигани хам сенлар хароимини чикардинг бу 9-0 сенга жазо холос хали олдинда нималар булишини кутиб юр Бахтиёрни дилини каттик ранжитгансан